Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bolalar bog‘chasi yonidagi portlashda 9 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning sharqidagi Tszyansu viloyatidagi bolalar bog‘chalaridan biri yonida yuz bergan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohat oldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 16:50da Syuychjou shahridagi Fen uyezdida sodir bo‘lgan. Portlash bolalar bog‘chadan ketayotgan va kattalar ularni kutib olayotgan vaqtda yuz bergan. Internetda joylashtirilgan videoroliklardan portlashdan jarohat olgan bolalar va kattalarni ko‘rish mumkin.
Mahalliy hukumat vakillarining ma'lum qilishicha, 2 kishi portlashdan keyinoq, qolgan qurbonlar esa tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida halok bo‘lganlar.
Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan.
Politsiya voqea sabablarini tergov qila boshladi.
Mavzuga oid
10:52
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
14:25 / 24.12.2025