Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi ixtilof sababli 2,8 mln kishi qochqinga aylandi
Foto:aa.com.tr
Yamandagi qurolli ixtilof yillari davomida mamlakatning 2,8 mln aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda SABA axborot agentligi.
Yamandagi qochqinlar lagerlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti vakili Najib As-Sad'iyning aytishicha, 300 ming yamanlik mamlakatni tark etib, Misr, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Jibuti, Malayziya, Sudan, Somali va Iordaniya hududida boshpana topgan. Qolganlar esa mamlakatning boshqa qismlariga ko‘chib o‘tganlar.
As-Sad'iy, shuningdek, Yamandagi ixtilof sababchisi bo‘lgan sobiq prezident Ali Abdulloh Salohning tarafdorlari va "Ansorulloh" harakatini tanqid qildi
Yamanda 2014 yildan beri qurolli ixtilof davom etib keladi. Uning bir tomonida "Ansorulloh" shialar harakati ayirmachilari va Saloh tarafdorlari, boshqa tomonida esa amaldagi prezident Abd-Rabbo Mansur Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchi hukumat qo‘shinlari ishtirok etib keladi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
14:39 / 09.09.2025