Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ARTCOOL STYLIST konditsioneri – dizaynga yangicha nigoh
iF Design Award jahon mukofoti g‘olibi - LG Electronics kompaniyasidan ARTCOOL Stylist noodatiy konditsioneri uy konditsionerlari turkumida yangilikka aylanmoqda
ARTCOOL Stylist konditsioneri aynan dizayn tufayli istalgan interer bilan mos tushadi. Oldingi panel yuqori sifatli plastikdan qilingan, aylanadagi noyob bezak optik illyuziyani chaqiradi – xuddi ustki qism matodan tayyorlangandek tasavvur uyg‘otadi. Ichki blok nur diodli yoritish korpusiga ega. Foydalanuvchi kayfiyatiga qarab yoritishni sozlashi yoki xona intereriga mos rangni tanlashi mumkin.
.jpg)
ARTCOOL Stylist konditsionerining ichki bloki 645 x 645 mm.lik takrorlanmas to‘rtburchak shaklga ega; uning chuqurligi – atigi 121 mm, shuning uchun konditsioner devor chizig‘idan deyarli chiqmaydi. U avvalgi Artcool Gallery’dan qariyb 25 mm.ga ingichka, bu esa, uni yanada jozibaliroq qiladi. Yangi ARTCOOL Stylist – bu invertorli split-tizim bo‘lib, sovutish (48 °C’gacha) va isitish (-15 °C’gacha) rejimida ishlaydi hamda LG’ning Inverter V texnologiyasiga ega invertorli kompressori tufayli sarflanayotgan elektr quvvatini 60 foizgacha tejash imkonini beradi.
.jpg)
Soft Airflow uch polosali funksiyasi havoni uchta yo‘nalish bo‘ylab bir xilda taqsimlaydi hamda qulaylik va tabiiy, bir tekisdagi havo yuborishni ta'minlaydi. LG ARTCOOL Stylist juda past tovushda ishlaydi – shovqin darajasi atigi 19 dB’ni tashkil etadi. Shu bilan birga, oddiy invertorli bo‘lmagan konditsionerlarga nisbatan kamroq energiya iste'mol qiladi. LG kompaniyasining patentlangan eng ilg‘or invertorli texnologiyasi sabab, bu premium model shovqinsiz, samarali ishlashni ta'minlaydi va elektr energiyasini tejaydi.
.jpg)
ARTCOOL Stylist yana qulayroq bo‘lishi uchun masofadan turib boshqarishning innovatsion tizimi bilan jihozlangan: 3,4 dyuymli, juda silliq hamda ajoyib dizaynga ega sensorli displey. Innovatsion ishlanma maxsus parametrlarni teng va osonlik bilan sozlash imkonini beradi, jumladan, nur diodli yoritishning rang va yorqinligini ham. Masofadan turib boshqarish pultidagi displey ishlash rejimi, harorat va vaqt kabi foydali ma'lumotlarni ko‘rsatib boradi.
LG ARTCOOL STYLIST konditsionerlari funksiyalari haqida ko‘proq narsani bilishni va konditsionerni ko‘rishni istaganlar - «Next» SKMga keling, bu yerda maslahatchi LG zamonaviy texnikasi haqida barcha ma'lumotni beradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:18 / 16.07.2025
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
23:32 / 18.10.2024