Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIda 2016 yilda terrorchilikka gumon bilan mingdan ko‘proq odam hibsga olindi
Foto: EPA/JERRY LAMPEN
Yevropa Ittifoqida 2016 yilda terrorchilik faoliyatiga aloqadorlik gumoni bilan mingdan ko‘proq odam hibsga olingan. Bu haqda Yevropa politsiya agentligining (Yevropol) terrorchilik bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan har yillik hisobotida aytilgan.
"Hibsga olinganlarning umumiy soni 1002 kishini tashkil qildi. Bu 2015 yildagidan 75 kishiga kamroq. Bunda 2016 yilda 2015 yilgi kabi qo‘lga olinganlarning bir qismi radikal islom terrorchiligiga aloqador bo‘lgan", deb aytildi Yevropolda. Shuni hisobga olgan holda Yevropolda Yevropa davlatlarining bu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilishi muhimligi ta'kidlab o‘tildi.
"Hech qachon axborot almashishga zaruriyat oxirgi ikki yildagidek ayon bo‘lmagan. Bu yilning o‘zida radikal islomchilarning hujumlari oqibatida Yevropada 135 kishi halok bo‘ldi. Etno-milliy va ayirmachilik terrorchiligidan hamda o‘ng va so‘l ekstremistlardan farqli, radikal islomchilik xalqaro xarakterga ega va shu sababli xalqaro munosabat va turli davlatlar huquq-tartibot idoralarining faol hamkorligini talab qiladi", deb ta'kidlab o‘tdi Yevropol direktori Rob Ueynrayt.
Bundan tashqari, 2016 yilda Yevropa Ittifoqida 142 ta muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan, oldi olingan yoki amalga oshirilgan terakt qayd qilingan. Ular haqidagi xabarlarning yarmidan ko‘pi Buyuk Britaniyada kelib tushgan. Shuningdek, terrorchilikdan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlar beshtaligidan Fransiya, Italiya, Ispaniya va Gretsiya o‘rin olgan. Teraktlar oqibatida umumiy hisobda 142 kishi halok bo‘lgan, 379 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
20:00 / 19.12.2025
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
09:47 / 19.12.2025
YeI Ukraina uchun pul topdi, lekin bu Rossiya aktivlari emas
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
13:29 / 12.12.2025