Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroning 108 milliondan ortiq pullarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi
Buxoro IIBning xabar berishicha, g‘ijduvonlik D.Aktamova tadbirkorlik ortidan peshona teri evaziga yig‘ib qo‘ygan pullarini arzon narxda AQSh dollariga almashtirib beradigan “hojatbaror”ni qidiraverib, oxir-oqibat G‘.Ergashevga uchrab qoladi.
Firibgarlikni o‘zi uchun kasb qilib olgan G‘.Ergashev uning ishonchiga kirib jami 108.540.000 so‘m miqdoridagi pullarini AQSh dollariga almashtirib berishni va'da qilib qo‘lga kiritadida, jabrdiyda ayolning pullarini qaytarib bermasdan o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.
Katta miqdordagi pullaridan bir lahzada ayrilgan ayol boshqa chora topolmay ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng, G‘.Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 19.01.2026
Budapeshtdagi elchixona firibgarlik qurboni bo‘lgan migrantlarga yordam berdi
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
09:37 / 10.01.2026