Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya HHK AQSh koalitsiyasida yil oxirigacha ishtirok etadi
Belgiya hukumati joriy yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar o‘z harbiy-havo kuchlarining Iroq va Suriyada AQSh boshchiligidagi terrorchilikka qarshi koalitsiyada ishtirok etishini uzaytirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Belga.
Shu bilan birga, IShID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi amaliyotlarga jalb etiladigan F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari soni oltitadan to‘rttaga qadar kamaytiriladi.
Ayni damda ular Iordaniyada joylashtirilgan.
Belgiya HHK terrorchilikka qarshi koalitsiyaga 2016 yilning iyulida qo‘shilgan, ular ishtirokini yana uzaytirish esa byudjyetga 17 mln. yevroga tushadi.