Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bunyodkor" "Qo‘qon-1912"ning 11ta o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
O‘zbekiston Oliy ligasining 13-tur bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi uchrashuvida "Bunyodkor" o‘z uyida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
6-daqiqada Doston Hamdamov mezbonlarni hisobida oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 21-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mezbonlarga 3 ochko keltirgan gol ham Doston Hamdamov tomonidan 60-daqiqada kiritildi.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari "Qo‘qon-1912"ning chempionat doirasida davom etgan 11ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Ushbu turdan so‘ng "Bunyodkor" 12-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, "Qo‘qon-1912" 3 -o‘rinni saqlab qolgan.
Oliy liga-2017, 13-tur
“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” 2:1 (1:1)
Gollar: Dostonbek Hamdamov 6 (1:0), Nosirbek Otaqo‘ziyev 21 (1:1), Dostonbek Hamdamov 63 (2:1)
Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov 51, Farruh Ikromov 70 – Andrey Sidorov 85, Murod Xolmuhammedov 86
Mavzuga oid
18:15 / 16.04.2026
«Davlat beradigan 35 mlrdning 2/3 qismi Rivaldoga ketadi» – «Bunyodkor»ning moliyaviy holati yomonlashdi
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
16:40 / 16.10.2025