Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida zamonaviy istirohat bog‘lari barpo etilmoqda
Samarqand shahrida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun yangi istirohat bog‘lari barpo etiladi va mavjudlarida katta rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu haqda Samarqand shahar hokimi V.Rahimov 16 iyun kuni jurnalistlar bilan o‘tkazgan matbuot anjumani mobaynida ma'lum qildi.
Qorako‘l Story Engineering mas'uliyati cheklangan jamiyati Cho‘ponota maskani hududida qadimda Amir Temurning mashhur va bahavo bog‘lari bo‘lgan hududda 3 gektarlik istirohat bog‘i barpo etadigan bo‘ldi. Bu borada tegishli qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
«So‘g‘diyona» istrohat bog‘ining mavjud attraksionlarini yangi, zamonaviy attraksionlarga almashtirish, istirohat bog‘idagi suv havzasini zamonaviy «Akvapark»ka aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
Tashabbuskor Dobusia MChJ Tashqi iqtisodiy faoliyat «Milliy banki» bilan tarmoq jadvalini ishlab chiqqan. Unga asosan, loyihaning dastlabki qiymati 3,07 mln. dollar, shu jumladan, bank krediti 2,3 mln. dollar va tashabbuskorning o‘z mablag‘i hisobidan 770 ming dollar sarflanishi kutilmoqda. Zamonaviy suv attraksionlari Xitoydan keltiriladi.
Ayni paytda «So‘g‘diyona» istirohat bog‘i hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan. 2018 yilning ikkinchi choragidan boshlab yangi attraksionlarni foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025