Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShIDning 22 jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘on armiyasining Nangarxar provinsiyasidagi maxsus operatsiyasi natijasida Pachiragam va Chaparxar hududlarida 22 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vaziri Tarix Shox Bahromiyning jurnalistlarga bergan ma'lumotiga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi.
"Pachiragam uyezdidagi strategik muhim hudud hisoblangan Tora Bora IShID terrorchilaridan tozalandi. Bu tuman sobiq "Al-Qoida" rahbari Usoma bin Lodinning haqiqiy tayanchi hisoblangan. Jangda 10 nafar jangari yaralandi", - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida yuzlab afg‘on oilalari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026