Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qosimov boshchiligidagi «Bunyodkor» Baqoyevning «Buxoro»siga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Bugun, 20 iyun kuni Oliy liganing 14-turi doirasida yana 5 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Buxoro» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi. Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi jamoa Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor»iga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:2. Bu esa buxoroliklar o‘z tarixida ilk marta «qaldirg‘ochlar» jamoasi ustidan g‘alabasi bo‘ldi.
Endilikda, 14 turdan keyin «Buxoro» 20 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rinda joylashgan, «Bunyodkor» esa 15 ochkosi bilan 13-o‘rinda qolmoqda.
Oliy liga, 14-tur
«Buxoro» – «Bunyodkor» 4:2
Gollar: Nurillo To‘xtasinov 22 avtogol, - 1:0. Ivan Nagayev 25, - 2:0. San'at Shixov 36, - 3:0. Dostonbek Hamdamov 65, - 3:1. Nozim Umurov 79, - 4:1. Vadim Chemirtan 90+3, - 4:2.
«Buxoro»: Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Alisher Shog‘ulomov (Nozim Umurov, 60), Shoxrux Gadoyev, Zohir Pirimov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Ivan Nagayev
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Ibrohimov, Shaxzodbek Nurmatov, Eldor Shomurodov (Vadim Chemirtan, 59), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Farrux Ikromov, 41), Dilshod Ahmadaliyev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Sardorbek Azimov, 75).
Mavzuga oid
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026
Buxorodagi yangi aeroport 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilyapti
11:58 / 17.12.2025