Metall konstruksiyalardan omborxona va angarlar qurdirmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyat
Bir muddat avval biz zamonaviy qurilish sohasida metall konstruksiyalardan keng foydalanish rivojlanib borayotgani haqida, bu borada O‘zbekistonda ham samarali biznes yuritish yo‘lga qo‘yilgani haqida hikoya qilgan edik. Bu safar, ayni xizmat turining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishi, metall konstruksiyalardan turli angarlarni barpo qilish va qurish haqida so‘z yuritamiz.
Metall konstruksiyalardan har qanday murakkablikdagi, shaxsiy hamda namunali loyihalar bo‘yicha binolar, angarlar va omborxonalarni barpo qilish mumkin. Angarlarni metall konstruksiyalardan barpo qilish qiymati, albatta, shu kabi inshootlarni g‘isht, beton bloklar va monolitlardan qurishga qaraganda farqlanadi.
Shunday ekan, omborxonalar qurishda metall konstruksiyalarni tanlash bugungi kunda qurilish ishlarining tez tugashi va arzonga tushishini anglatadi.
Metall konstruksiyalardan yasalgan angarlar, omborxonalar tannarxi qimmat bo‘lmasligi va boshqa ustunliklari sababli o‘rta va kichik biznes korxonalari uchun juda mos keladi. Bunday binolardan:
Mahsulotlarni saqlash;
Idora inshootlari sifatida;
Kislovotskiy modul:
Uy hayvonlari komplekslarini barpo etish;
Avtoustaxonalar qurish;
Avtoturargohlar;
Sport inshootlari;
Savdo nuqtalari, ko‘rgazmalar majmualari;
Ishlab chiqarish, qayta ishlash sexlari va boshqalarda foydalanish mumkin.
Bunday binolar mintaqa va nima maqsadga xizmat qilishidan kelib chiqqan holda quriladi. Bu kabi inshootlarni haroratga chidamli qilish uchun hudud iqlimidan kelib chiqqan holda material tanlanishi kerak.
Metall angarlar unchalik ham og‘ir vaznli bo‘lmaydi. Bu poydevorni keng qamrovli bo‘lishini talab etmaydi hamda bajarish ishlarini qisqartiradi. Metall konstruksiyalarning zavoddan qurilish maydoniga deyarli tayyor holatda yetkazilishi ham qurilish sur'atiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Inshoot maydonidan kelib chiqqan holda u 1-9 oy muddatda qurib, foydalanishga topshiriladi.
Jozibali dizayn. Angarlar turli ranglarga bo‘yalishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, uni atrof-muhitga imkon qadar moslashtirish, unga zamonaviy va ajoyib ko‘rinish imkonini beradi.
Uzoq muddatli yaroqlilik. Angarlardan foydalanish muddati 100 yilgacha yetishi mumkin. Inshootning foydalanish maqsadi va o‘lchamida kelib chiqqan holda sarflangan xarajat 3–5 yilda o‘zini oqlaydi.
Har mavsumga moslik. Metall angarlar deyarli barcha atmosfera ta'sirlari: ultrabinafsha nurlar, namgarchilik, havo haroratining keskin o‘zgarishi va shu kabilarga juda chidamlidir.
O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari orasida nufuzli o‘rin egallab turgan davrda har soha kabi qurilish sohasining 21 asr nanotexnalogiya istiqbolidagi qurilish xomashyolarining ixtiro qilinishi, ularning qo‘llanilishining negizi metall konstruksiyalar tashkil etishini aslo yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Shunday ekan, 21 asrda rejalashtirilayotgan mamlakatimizning aksariyat inshootlari negizini metall konstruksiyalarga qaratilgani bejiz emasdir.
Katta ishlab chiqarish inshootlari, ayniqsa yengil sanoatni mamlakatimizda keskin rivojlantirish davrida jahon talabi standartlaridagi mahsulot ishlab chiqarishda, qulay, mobil, ixcham, kam xarajatli va qisqa vaqt ichida inshootlar barpo etilishiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishiga olib keldi.
Sifatli eksport mahsulotlarini ta'minlashda jihozlarning zamonaviy eng oxirgi modellaridan foydalangan holda ularni qisqa davrda joylashtirish uchun metall konstruksiya ishtirokidagi bino inshootlar maqsadga erishishdagi ajralmas zaruriy bosqichga aylandi.
Hakim Metall Stroy MChJ’da bunday konstruksiyalarning katta hajmda mavjudligi hisobiga qurilayotgan inshootlar hajmi yuqori darajada ko‘payib bormoqda.
Sizlar ham o‘z maqsadingizga qisqa va tez erishishda qilayotgan harakatlaringiz samaradorligini oshirish va mablag‘larni tejash xohshingiz bo‘lsa, shu jamiyatga murojaat etib, yuqori darajadagi eksport xodimlar ishtirokida bino va inshootlarga ega bo‘lish uchun o‘z rejalaringizni amalga oshirishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:40 / 13.09.2024
Tadbirkorga turar joy binosi qurishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
13:30 / 22.08.2024
Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan 452 ta metall buyumni chiqarib oldi
08:09 / 22.07.2024