Rossiya va Qirg‘iziston har doim birga bo‘lishi kerak – Atamboyev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev o‘z prezidentlik muddatining asosiy yakunlaridan biri sifatida Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar yangi darajaga chiqqanini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Atamboyev Rossiyada davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.
Uning eslatishicha, Qirg‘iziston prezidenti lavozimida yana bir necha oy qoladi.
"Men bu lavozimda yana bir necha oy qolaman, hamda Qirg‘izistonda yangi prezident bo‘ladi. Biroq sizni ishontirib aytishim mumkinki, Qirg‘iziston o‘zi topgan yo‘ldan chetga chiqmaydi. O‘z ishimning dastlabki yakunlarini sarhisob qilar ekanman, prezidentlik muddatimdagi eng asosiy natijalardan biri sifatida – Rossiya bilan aloqalarni strategik munosabatlar, do‘stlik, birodarlik darajasiga olib chiqilganini qayd etmoqchiman", - deya ma'lum qildi Atamboyev Rossiya prezidenti bilan muloqot davomida.
Prezidentning qayd etishicha, "Biz Qirg‘izistonda, Rossiya – bizning dastlabki vatanimiz, bizning ildimiz ekanini bilamiz". "Va, albatta, biz har doim birgalikda bo‘lishimiz kerak. Hamda ota-bobolarimiz ishini davom ettirishimiz lozim", - deya qo‘shimcha qildi Atamboyev.
Mavzuga oid
12:30
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
17:16 / 01.11.2024
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
22:28 / 29.10.2024