Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somali poytaxtidagi portlashda 10 kishi halok bo‘ldi
Somali poytaxti Mogadishoda minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea Vadajir dahasida yuz bergan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oldidan mashina Somali sport vazirligi yonidagi restoran binosiga borib urilgan. Mogadisho merining vakili portlashni "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi sodir etgani haqidagi taxminni bildirgan.
"Ash-Shabob" terrorchilik guruhi Somalida 2004 yilda paydo bo‘lgan. 2008 yildan boshlab uning jangarilari xudkushlar va minalashtirilgan avtomobillar qo‘llagan holda muntazam teraktlar sodir etib keladi. Guruh "Al-Qoida", somalilik tadbirkorlar va o‘z nazorati ostidagi hududlardan o‘lpon yig‘ish hisobiga moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
14:47
Samarqandda xonadonda portlash sodir bo‘ldi
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
15:23 / 24.02.2026
AESda vodorodli portlashlardan himoya bo‘yicha talablar loyihasi ishlab chiqildi
12:49 / 24.02.2026