Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftegaz» tanlov e'lon qildi, g‘olib Spark egasiga aylanishi mumkin
«O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya ishchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yangi logotip va shior uchun ochiq tanlov e'lon qildi.
Neft va gaz sohasidagi milliy brend logotipi bo‘yicha takliflarni professional reklama kompaniyalari, agentliklari hamda jismoniy shaxslar ham berishi mumkin.
Murojaatni yuborish uchun yangi logotipni ishlab chiqish va uning ta'rifi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) bo‘lishi kerak.
Grafik fayl va ta'rif matni, hamda bog‘lanish uchun ma'lumotlarni [email protected] elektron manziliga yoki quyidagi manzil bo‘yicha yuborish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100029, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘ch., 2.
Barcha ishlarni tanlov komissiyasi ko‘rib chiqadi, uning tarkibida – «O‘zbekneftegaz» MXK va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya ishchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati bo‘ladi.
Tanlov g‘olibi Chevrolet Spark avtomobilini qo‘lga kiritadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun so‘nggi muddat: 2017 yilning 21 iyul kuni.
Mavzuga oid
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:00 / 03.04.2026
Toshkent davlat tibbiyot universiteti: xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov
19:00 / 03.04.2026
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
18:41 / 30.01.2026