Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oşiriş masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda qayd etilganidek, 2025 yilda jamiyat korxonalari tomonidan 25,2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilib, 56 ta yangi quduq burğilandi, 29 ta quduq mukammal ta’mirlandi.
2026-2027 yillarda tabiy gaz çiqariş hajmini barqaror darajada ta’minlaş, 300 dan ortiq geologik-texnik çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Taqdimotda buning uçun amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar töğrisida axborot berildi.

Jumladan, geologiya-qidiruv va geologik-texnik tadbirlar samaradorligini oşiriş, zaxiralarni köpaytiriş va qazib çiqariş hajmlarining barqarorligini ta’minlaş, xaridlar tartib-taomillarini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, gazni çuqur qayta işlaş orqali qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş, import örnini bosuvçi eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş, jamiyat va uning korxonalarini moliyaviy soğlomlaştiriş çoralari köriladi.
Kompaniya faoliyatida operatsion samaradorlikni oşiriş, xususan, sohaga oid bölmagan aktivlarni tasarrufdan çiqariş, homiylik tölovlarini töxtatiş hamda xarajatlarni maqbullaştiriş orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga ustuvor ahamiyat qaratilişi qayd etildi.

Işlab çiqariş jarayonlarini raqamlaştiriş, sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş, şuningdek, içki nazorat va komplayens tizimini kuçaytiriş, moliyaviy aktivlar harakatini nazorat qiliş, korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş masalalari jamiyat faoliyatining muhim ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi.
Davlat rahbari belgilangan vazifalar va rejalaştirilgan barça tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob, qat’iy intizom hamda şaxsiy javobgarlik asosida ta’minlaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.
Taqdimotda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş jarayonida, şu jumladan Surxondaryo viloyatida qayd etilgan texnogen holatlarga ham töxtalib ötildi. Bunday holatlar yangi istiqbolli maydonlarni izlaş, quduqlarni çuqur burğilaş va geologik qatlamlarni örganiş jarayonlarining tabiiy tarkibiy qismi bölib, ular dunyo amaliyotida ham köp uçrab turadi. Özbekistonda bunday vaziyatlarda tegişli çoralar körib borilayotgani ta’kidlandi.












