Google Glass uchun so‘nggi uch yildagi ilk yangilanish chiqdi
Google Glass qo‘shimcha reallik ko‘zoynaklari uch yil ichida ilk bor XE23 raqamli “proshivka”ning yangilanishini oldi. Apdeyt tafsilotlari mahsulotni qo‘llab-quvvatlash saytida e'lon qilindi.
“Proshivka” tomonidan qo‘shilgan yagona yangilik - Bluetooth-klaviatura kabi simsiz kiritish qurilmalarining ishlashidir. Shuningdek, yangilanish xatolarni to‘g‘irlaydi va ishlab chiqarishni oshiradi.
XE22 “proshivka”sining avvalgi nusxasi 2014 yilning oktabrida chiqqandi. O‘shanda bu ko‘zoynaklar uchun so‘nggi yangilanish bo‘ladi, deb hisoblangandi.
Google Glass 2012 yilda taqdim etilgan, ilk prototiplar esa 2013 yilning fevralida paydo bo‘ldi. 2014 yilning mayida garniturani istalgan kishi xarid qilishi mumkin edi. Gadjyet keng ommaga mo‘ljallangandi, biroq yuqori narx (1,5 ming dollar) va boshqa qator muammolar tufayli Google 2015 yilning yanvarida loyihani to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
22:33 / 05.10.2024
Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi
09:44 / 21.08.2023
Olimlar ko‘k nurni to‘suvchi «kompyuter ko‘zoynaklari» foydali ekanini rad qildi
12:30 / 10.09.2021
Facebook tarixdagi ilk “aqlli” ko‘zoynakni taqdim qildi
23:21 / 16.06.2021