Halo startapi oddiy insonni “harakatlanuvçi ensiklopediya”ga aylantiradigan aqlli közoynak prototipini taqdim etdi. Qurilma atrofdagi barça suhbatlarni uzluksiz eşitib, ularni sun’iy intellekt orqali qayta işlaydi va kerakli ma’lumotlarni töğridan töğri linzalarda körsatadi.

Közoynakda mikrofon va kiçik displey bor, kamerasi esa hozirça yöq. Qurilma telefonga ulanadi va hisob-kitoblarni smartfon orqali bajaradi. Közoynakka integratsiya qilingan sun’iy intellekt esa Google Gemini va Perplexity dasturlari asosida işlaydi: biri matematikada yordam beradi, ikkinçisi internetdan kerakli ma’lumotni qidirib topadi.

Masalan, kimdir sizdan “37 ning uçinçi darajasi neçaga teng?” deb sörasa, közoynak bir zumda 50 653 degan javobni körsatadi. Agar suhbatda notaniş söz işlatilsa, uning ma’nosi ham displeyda paydo böladi.

Mazkur startap uçun Pillar VC, Soma Capital va boşqa yirik fondlardan 1 million dollar sarmoya jalb qilingan. Qurilmaning oldindan buyurtma narxi 249 dollar etib belgilangan, ammo yakuniy narx özgarişi ham mumkin.

Loyiha mualliflari Anfu Ngyuyen va Keyn Ardayfio Garvarddagi öqişni taşlab ketgan sobiq talabalar hisoblanadi. Ular ilgari ham I-XRAY deb nomlangan tizim şov-şuvli loyihasi bilan tanilgan edi. Bu tizim Ray-Ban közoynaklari orqali odamlarni yuzidan tanib, soniyalar içida ularning şaxsiy ma’lumotlarini topiş funksiyasiga ega.

Insonlarga “aqlliroq köriniş” imkonini beradigan Halo közoynaklarining eng muhim jihati — ularning işlayotgani butunlay sezilmasligida. Avvalgi qurilma, ya’ni Ray-Bane’dagi kabi işlayotganini bildiradigan indikator çiroqlari yangi közoynakda mavjud emas. «Biz ularni oddiy közoynakdan ajratib bölmaydigan darajada takomillaştiriş ustida işlayapmiz», — deydi muallif Ardayfio. Unga köra, yozib olingan audio matnga aylantirilgaç darhol öçiriladi, yakuniy mahsulot esa töliq şifrlaş tizimiga ega böladi.

Ardayfioning aytişiça, közoynak ovozni faqat matnga aylantiriş uçun vaqtinça saqlaydi, matn tayyor bölgaç esa yozuv darhol öçirib taşlanadi. Tayyor mahsulot esa barça ma’lumotlarni himoyalovçi töliq şifrlaş tizimiga ega böladi.

Halo jamoasi keyingi versiyalarga kamerani ham qöşişni rejalaştirmoqda. Bu matnlarni tarjima qiliş, obektlarni taniş, navigatsiya kabi yangi funksiyalarni oçadi.

Hozirça mahsulotning bozorda qanday kutib olinişi va sotuv qaçon boşlanişi noma’lum.