Xreal 1S 82 gramm. Unda Sony işlab çiqqan ikki OLED ekran bor. Tasvir tiniq, yangilaniş tezligi esa 120 Hz (Gers) gaça. 2D videoni 3D’ga aylantiriş rejimida tezlik 30 Hz (Gers) böladi, lekin baribir közni çarçatmaydi.
Boşni qimirlatganda ekran joyidan siljimaydi. Közoynak yoruğlikni ham özi boşqaradi, kerak bölsa qoronği, kerak bölsa oçiq qiladi.
Xreal Neo — AR uçun maxsus “powerbank”

Şu bilan birga kompaniya Xreal Neo’ni ham çiqardi. Bu AR-közoynaklar uçun möljallangan 10 000 mA·soatlik powerbank. U közoynakka video uzatadi va telefonni ham quvvatlaydi. Nintendo Switch uçun dok-stansiya sifatida ham işlaydi.
Narxlar esa quyidagiça:
Xreal 1S — 67 980 iyena. Oldindan buyurtma Yaponiyada oçilgan.
Xreal Neo — 14 580 iyena, savdo yanvar oxirida boşlanadi.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.








