Jahon | 09:38 / 21.06.2017
6969
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Afg‘oniston toliblarga qarshi kurash bo‘yicha yangi reja ishlab chiqmoqda

Foto: AP Photos/Massoud Hossaini

Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatiga qarshi kurash bo‘yicha yangi reja ishlab chiqishni boshladi. U respublika qurolli kuchlariga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda “Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlikni yaxshilash” har yilgi hisobotida aytiladi. Hujjat Pentagon tomonidan AQSh kongressiga yuborildi.

"Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani isyonchilik va terrorchilik harakatlari bilan kurashdagi tashabbuslarga oid to‘rt yillik harakatlar rejasi, xavfsizlik institutlarini qayta tashkil etish hamda mustahkamlash va afg‘on QKga doir hujjatlarni ishlab chiqish vazifasini topshirdi, - deya yozishgan hujjat mualliflari. – Yo‘l xaritasi (G‘anining rejasi) ishlab chiqishning boshlang‘ich davrida, biroq Afg‘oniston hukumatining katta e'tibor qaratayotgani, unga eng yirik rejalashtirish dasturi maqomini beradi".

Kobulning rejasiga ko‘ra, infratuzilma o‘zgaradi, afg‘on xavfsizlik kuchlari jangovar shayligi oshadi hamda respublika maxsus xizmatlari kontingenti soni qariyb ikki barobarga oshadi. Bundan tashqari, harbiy qo‘mondonlik samarasi mustahkamlanadi, HHK va quruqlikdagi qo‘shinlar salohiyati oshiriladi hamda hokimiyatdagi korrupsiya bilan kurashish kuchayadi. Xususan, afg‘on QKda “hujum amaliyotlarini o‘tkazish uchun sharoitlar” yaratilishi lozim, ya'ni “2019 yilda keng ko‘lamli hujum amaliyotlari o‘tkazilishi mumkin”.

AQSh mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, Pokiston toliblarga boshpana berishda davom etmoqda. “Afg‘onistondagi hujumlar afg‘on-pokiston munosabatlarini yomonlashtirmoqda. Sababi ular Pokiston qurolli guruhlari bilan bog‘liq, - deyiladi hisobotda. – “Tolibon” va “Haqqoni” kabi guruhlar Pokiston hududidan boshpana topishda davom etmoqda”.

Mavzuga oid