Sport | 10:44 / 21.06.2017
11368
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Pogbani «MYu»ga sotganiga afsuslanishni boshladi

FIFA 2016 yil yozida Pol Pogbaning «Manchester Yunayted»ga transfer qilinishi yuzasidan «Yuventus»ga nisbatan intizomiy ish ochdi.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» fransiyalik ushbu futbolchi transferi uchun 89,3 million funt to‘lagan. FIFA esa ushbu transfer doirasida futbolchining agenti Mino Rayola 41 million funt olgani haqidagi xabarga o‘z e'tiborini qaratmoqda.

Manchesterliklar tomonidan FIFAga taqdim etilgan hujjatlarda hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q. Ammo «Yuventus» va Rayola o‘rtasidagi munosabatlarda FIFA qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkin.

Agar «Yuventus»ning aybi isbotlansa, turinliklar jamoasiga jazo belgilanadi: yoki jarima solinadi, yoki transfer bo‘yicha taqiq o‘rnatiladi.

«Biz «Yuventus»ga nisbatan intizomiy ish ochganimizni tasdiqlashimiz mumkin, «Manchester Yunayted»ga nisbatan esa – yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari ketayotgani bois, vaziyatni izohlay olmaymiz», – degan FIFA vakili.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid