20:49 / 22.06.2017
9006

Qirg‘iziston prezidenti Ufaga yetib keldi

Foto: Almazbek Atamboyevning rafiqasi bilan Ufada kutib olinishi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiyaga safari davomida Ufaga yetib keldi. 

Atamboyevni aeroportda Boshqirdiston rahbari Rustam Xamitov, qurultoy spikeri Konstantin Tolkachev va Ufa ma'muriyati rahbari Irek Yalalov kutib oldilar. Prezident va uning rafiqasi uchun "Boshqirdistonga xush kelibsiz!" xoreografik kompozitsiyasi ijro etildi. Yuqori martabali mehmonlar chak-chak va karavay bilan kutib olindilar.

Atomboyevning 22 iyunda Hamitov bilan tor va kengaytirilgan tarkibda uchrashishi va Qirg‘iziston san'at ustalari konsertida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Atamboyev Rossiyada 19 iyundan beri davlat tashrifi bilan qolmoqda. U tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Atamboyev Ufaga jo‘nashdan oldin Moskva jome' masjidiga tashrif buyurib, Rossiya muftiylari kengashi raisi Ravil Gaynutdin bilan uchrashgan.

Atamboyev Gaynutdin bilan masjiddagi ibodat zallari, masjidning matbuot-zali, masjidda joylashgan islom muzeyi eksponatlari bilan tanishib chiqqan.

Uchrashuv davomida ikki davlat musulmonlari idoralarining zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlar, birinchi navbatda radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurashishdagi o‘zaro  hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

 

Mavzuga oid
Top