Ufa neftni qayta işlaş zavodida ("Başneft") yonğin kuzatilmoqda. Bu haqda 3 mart, duşanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boş boşqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Bugun tunda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuç va vositalari Ufa neftni qayta işlaş zavodi hududida sodir bölgan yonğin haqida yuqori darajadagi xabar böyiça jönab ketdi», — deya «Interfaks» agentligi matbuot xizmatidan iqtibos keltirmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, yonğin yoqiş peçi hududida sodir bölgan.

Idoraning ta’kidlaşiça, yaqin atrofdagi aholi uçun xavf yöq. Voqea joyiga havo sifatini nazorat qiliş uçun laboratoriya yuborilgan.

Mash: Fuqarolar dronlar şovqinini eşitgan

Mash Telegram-kanaliga köra, zavodda portlaş sodir bölgan va undan oldin «fuqarolar dronlar şovqinini eşitişgan». Hatto kvartiralarda ham silkinişlar sezildi, deya qöşimça qilindi.

SHOT Telegram-kanaliga köra, yonğin 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgan, qurbonlar haqida ma’lumot yöq. Kanal şuningdek, portlaş haqida xabar bergan. «Qattiq ovozdan avtomobillar signallari işlab ketdi», deyiladi xabarda.

Yonğin boşlanganidan bir neça soat ötgaç, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Boşqirdiston departamenti yonğin öçirilgani haqida xabar berdi. Qurbonlar haqida ma’lumot yöq.