Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Foto: RIA Novosti
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchilari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish haqida kelishib oldilar. Bu haqda Yevrokengash raisi Donald Tusk ma'lum qildi.
"Kelishib olindi. YeI Rossiya tomondan Minsk kelishuvlarining yetarlicha bajarilmayotgani uchun unga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirdi", deb yozgan Tusk tvitterda.
Avvalroq Tusk muddati 31 iyulda tugaydigan sanksiyalar yana 6 oyga uzaytirilishini ma'lum qilgandi.
Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar Donbassdagi ixtilof sababli yomonlashgan. Kiyev bu yerda tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga qarshi operatsiya olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
09:13 / 12.05.2026
Rossiyada real daromadlar o‘sishi keskin sekinlashdi
08:52 / 12.05.2026