Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ayollar uchun metro vagonlari sinovdan o‘tkaziladi
Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasi Guanchjou shahri metropoliteni ma'muriyati iyun oyi oxiridan faqat ayollar uchun mo‘ljallangan metro vagonlarini sinovdan o‘tkaza boshlaydi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har bir tarkibda tig‘iz soatlar - 7:30-9:30 va 17:00-19:00 oralig‘ida bir vagon faqat ayollar uchun xizmat qiladi. Qolgan vaqtlarda esa bu vagondan erkaklar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Metropoliten rahbariyatining ta'kidlashicha, bu qoida majburiy hisoblanmaydi, zero jamoat transporti tizimida bunday yondashuvni yoqlovchi qonuniy baza mavjud emas.
Metroda faqat ayollarga mo‘ljallangan vagonni ishga tushirish tashabbusi siyosiy maslahatchilardan chiqqan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ayollar o‘z tuzilishiga ko‘ra nozikroq bo‘lgani sabab tig‘iz soatlarda metroda harakatlanish ularga qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, ularning fikricha, mazkur chora jismoniy zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘yilmaslik uchun xizmat qiladi. Guanchjou shahri aholisi 14 million kishidan iborat.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026