Texnologiya | 00:34
1063
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi

Qayd etilishicha, yangi qurol bir lahzada ishga tushishi va 40 daraja sovuqda ham to‘xtovsiz ishlashi mumkin.

Foto: scmp.com

Xitoy harbiy olimlari quvvati 100 gigavattga yetuvchi mikroto‘lqinli qurolni ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi South China Morning Post nashri.

Xabarga ko‘ra, yangi qurol AQSh sun’iy yo‘ldoshlar guruhlari, jumladan, Starlink tarmog‘i elektronikasini arzon va samarali tarzda ishdan chiqara oladi.

Mutaxassislarning fikricha, orbita yaqinidagi sun’iy yo‘ldoshlarni ishdan chiqarish uchun bir gigavatt quvvatli impuls yetarli. Ammo xitoylik olimlar quvvatni 100 gigavattgacha oshirishga erishishdi.

Ekspertlar mikroto‘lqinli zambaraklar Xitoyga Pentagonning qimmatbaho kosmik infratuzilmasini kam mablag‘ sarflagan holda butunlay yo‘q qilish imkonini berishini ta’kidlashmoqda.

Qayd etilishicha, yangi qurol innovatsion litiy-ionli kondensatorlar tufayli bir lahzada ishga tushishi va 40 daraja sovuqda ham to‘xtovsiz ishlashi mumkin.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid