Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidenti Ramazon hayiti yaqinlashayotgani munosabati bilan 500 mahbusni ozod etdi
Foto: AFP 2017 / Alain Jocard
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy 23 iyunda Ramazonning tugaganini bildiruvchi Iyd al-Fitr – Ramazon hayiti yaqinlashayotgani munosabati bilan 500 mahbusni ozod etish haqidagi qarorni qabul qildi.
Youm7 nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ozod qilinadiganlarning ko‘pchiligi noqonuniy norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun jazolangan yosh faollardan iborat.
Yosh faollarning ozod etilishi masalasi 2016 yil oktabrida Sharm-ash-Shayhdagi yoshlar anjumanida ko‘tarilgandi. Bu tadbirda prezident ham ishtirok etgan. Anjuman yakunlariga ko‘ra as-Sisiy jazolangan yoshlar ishini ko‘rib chiqish uchun jurnalistlar, jamoat arboblari, ichki ishlar va adliya vazirliklari vakillari ishtirokida idoralararo komissiyani tuzishga qaror qilgandi.
Bundan avvalroq joriy yilda amnistiya bilan 300 dan ortiq yoshlar ozod qilingandi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026