Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish, yangilanish, bunyodkorlik borasidagi ishlarni keng yoritishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining munosib hissalari bor. Andijonda 27 iyun kuni matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi.
Ushbu sana oldidan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Bayram arafasida o‘quv yurtlari va jamoat tashkilotlarida taniqli yozuvchi va jurnalistlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, soha xodimlari o‘rtasida sportning tennis va futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

27 iyun kuni Andijon viloyati hokimligida bayram munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Matbuotchilarni tabriklash uchun so‘z olgan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abdujabbor Egamberdiyev yig‘ilganlarni qutlab, o‘z kasbini sidqidildan ardoqlab kelayotgan bir guruh jurnalist, matbaa xodimlari va matbuot tarqatuvchilarga viloyat hokimining faxriy yorliqlarini topshirdi.

Tadbirning ikkinchi qismi matbuotchilar yozilgan to‘kin dasturxon ustida kechdi. Soha xodimlari bir piyola choy ustida suhbatlashib hordiq chiqardilar. Viloyatning taniqli san'atkorlari tomonidan aytilgan sho‘x qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi.






Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026