Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Tramp sobiq maslahatchisini «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha bir necha bor so‘roq qilgan
AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi sobiq maslahatchisi Karter Peyj bir necha bor FQB agentlari bilan muloqotda bo‘lgan. Bu Rossiyaning saylovlarga aralashuvi ishi doirasidagi surishtiruv tufayli ro‘y bergan, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Trampning sobiq maslahatchisi mart oyida besh marta so‘roq qilingan, bu sessiyalarning umumiy vaqti 10 soatni tashkil etgan.
Peyj ushbu ma'lumotni tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, FQB agentlari u «amerikalik ishonchli faxriy» ekanini tan olishgan, biroq, ularning «boshqarmasi u 6 yanvardagi razvedkaning yolg‘on hisoboti natijalariga ishonmaganidan tashvishda». Unda «Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi» haqida so‘z borgan.
«Bizning ochiq suhbatlarimiz menga byuroda hamon halol kishilar bor ekani borasida ishonch berdi. Ular fuqarolik huquqlari va Konstitutsiyani hurmat qilishadi», - deya aniqlik kiritdi Peyj.
Uning ta'kidlashicha, o‘ziga nisbatan Hillari Klinton va AQSh sobiq prezidenti Barak Obama tarafdorlari tomonidan bildirilgan ayblovlar yolg‘on bo‘lib, Tramp ma'muriyatini kuchsizlantirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026