Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Lasetti-2” olishga yordam berishni va'da qilgan firibgar ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2017 yilning 1 fevral kuni Gulchehra Maxsudova Normo‘minovna Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, fuqaro Hotamov Vohidning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga “Lasetti-2” rusumli avtoulovni kredit mablag‘i hisobidan olishga yordam berishini va'da qilib, aldov yo‘li bilan 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026