Sport | 21:59 / 27.06.2017
11261
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Maradonani to‘yiga chaqirmadi

Lionel Messi Diyego Maradonani o‘zining nikoh to‘yiga taklif etmagan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq Messi «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike hamda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeuni ham to‘yiga aytmagani haqida xabar berilgandi.

Maradona va Messi «albiseleste»da 2008 yildan 2010 yilgacha hamkorlik qilgan, bu yillarda Maradona terma jamoani boshqargandi. Messi Argentina futbolida Maradonaning izdoshi sifatida qaraladi.

Messining nikoh to‘yi marosimi 30 iyun kuni Argentinaning Rosario shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Futbolchi o‘zining ikki farzandi onasi Antonella Rokkutstsoga uylanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid