Argentina Markaziy banki 2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatiga bağişlangan esdalik kumuş tangani taqdim etdi.

Tanganing orqa tomonida 1986 yilda Meksikada bölib ötgan jahon çempionatida Angliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan Diyego Maradonaning afsonaviy yakkaxon yurişi trayektoriyasi tasvirlangan. 2026 yilda uşbu unutilmas voqeaga 40 yil töladi. Aversda tangani yorib ötayotgani tasvirlangan töp joylaştirilgan, bu «Argentinaga xos futbolga bölgan iştiyoqni» anglatadi, deyiladi tavsifda.

Tanga 925 probali kumuşdan yasalgan, oğirligi 27 g, diametri 40 mm. Içki bozor uçun tiraji 2,5 ming dona, har birining nominal qiymati - 10 dollar. Xalqaro muomala uçun xuddi şunday dizayndagi oltin tangalar ham çiqariladi.

Diyego Maradona (1960-2020) - afsonaviy argentinalik futbolçi, tarixdagi eng buyuk öyinçilardan biri. U texnika, dribling va öyin dahosi edi. 1986 yilgi jahon çempionida turnir qahramoni bölgan va milliy jamoaning ğalabasiga katta hissa qöşgan.

Argentina amaldagi jahon çempioni hisoblanadi. Jamoa 2022 yilda Qatarda bölib ötgan turnirda çempionlikni qölga kiritdi.

JÇ-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi.