Suriyada Rossiyaning "Terminator-2" jangovar mashinasi payqaldi

Suriyada Rossiyaning tanklarni qo‘llab-quvvatlovchi "Terminator-2" jangovar mashinasi suratga olindi. Surat Yusha Yuseef ismli foydalanuvchi tomondan tvitterda chop etildi.
Surat Suriya prezidenti Bashar Asadning Rossiya havo-koinot kuchlari samolyotlari joylashtirilgan Hmaymim harbiy bazasiga tashrifi vaqtida olingan. Asad bazada Su-35 qiruvchi samolyotlari va Rossiyada ishlab chiqarilgan boshqa qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirgan. Asadga tashrifi vaqtida Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov hamrohlik qilgan.
Ayni vaqtgacha Suriyaga BMPT-72 "Terminator-2" tashlangani haqidagi ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagandi. Mashinada 30 mm li 2A42 avtomatik pushkalari va "Ataka-T" boshqariluvchi raketa quroli majmuasi joylashtiriladi.
Hmaymim aviabazasi Lataqiya shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 2017 yil 18 yanvarda Moskva va Damashq o‘rtasida Suriyada Rossiya aviatsiya guruhini joylashtirish haqida kelishuv imzolangan. Hujjatga ko‘ra, Rossiyaga aerodromning bir qismidan 49 yil bepul foydalanish huquqi berilgan.
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi

17:28 / 28.04.2025