Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki ruminiyalik konsert vaqtida 62 ta mobil telefon o‘g‘irladi
Ruminiyaning ikki fuqarosi Ispaniyadagi konsert vaqtida 2 soat ichida 62 ta mobil telefonni o‘g‘irlashga ulgurdi, deb xabar bermoqda Romania-Insider yangiliklar portali.
Jinoyatchilardan biri arenani konsert tugashigacha tark etmoqchi bo‘lgan, biroq uning xatti-harakatidan sergak tortgan politsiya tomondan ushlangan. Uning ryukzagida 41 ta telefon aniqlangan.
Bir necha daqiqadan keyin konsert majmuasidan chiqaverishda yana bir ruminiyalik yigit ushlangan, u tintuv qilinganda yonida 21 ta telefon borligi aniqlangan.
Gumonlanuvchilar hibsga olinganlar, politsiya esa telefonlar egalarini topib, ularga telefonlarini qaytarishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026