Sport | 23:23 / 30.06.2017
3474
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» qoldirilgan o‘yinda «Metallurg»ni yengib, peshqadamlikni mustahkamladi

Bugun, 30 iyun kuni Oliy Liganing 3-turidan qoldirilgan «Lokomotiv» – «Metallurg» uchrashuvi o‘tkazildi. Toshkentda kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limning 22-daqiqasida Abdumo‘minovning goli evaziga bekobodliklar hisobni ochishgandi. Lekin Bobojonov, Omonov hamda Kapazdening gollari yakunda toshkentliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, «Lokomotiv» musobaqa jadvalida o‘z peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. Ayni vaqtda jamoa ikkinchi o‘rindagi «Qo‘qon-1912» jamoasini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Oliy liga, 3-turning qoldirilgan o‘yini
«Lokomotiv» – «Metallurg» 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 - 22 Abdumo‘minov, 1:1 - 52 Bobojonov, 2:1 - 63 Omonov, 3:1 - 74 Kapadze.
«Lokomotiv»: Nesterov, Maxaradze, Aliboyev, Abdullayev, Mirzayev, Kapadze, Bobojonov, Muhammadiyev, Zoteyev, Fayziyev, Masharipov.
«Metallurg»: Safoyev, Hoshimov, Odilov, No‘'monov, Toshmatov, Karimqulov, Abdullayev, Sulaymonov, Ziyovuddinov, Isoqjonov, Abdumo‘minov.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid