Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Parij yaqinida haydovchi masjid yonida odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi
Parijning janubidagi Kreteyl shaharchasidagi masjid yonida erkak avtomobilda odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu hujumni sodir etishda gumon qilinib arman millatiga mansub erkak qo‘lga olingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, erkak "Bataklan" konsert zali va Yelisey maydonlarida sodir etilgan teraktlar uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgan.
Avvalroq Angliyaning Nyukasl shahrida haydovchi Ramazon hayitini nishonlayotgan musulmonlar orasiga avtomobilda bostirib borgan. Buning oqibatida 6 kishi, jumladan bolalar jarohat olgan.
"Bataklan" konsert zalida 2015 yil 13 noyabrda amalga oshirilgan terakt oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 350 dan ko‘proq odam jarohat olgandi. Yelisey maydonlaridagi terakt esa 2017 yil 20 aprelda sodir etilgan, unda politsiyachilar mashinasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026