Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi «Inturist» mehmonxonasi buzilmoqda
Samarqand shahri markazidagi «Inturist» mehmonxonasining 11 qavatli binosi buzilishga topshirildi. Bu haqda STV telekanalida xabar berilgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, mazkur bino 11 yildan buyon faoliyat yuritmagan va avariyaviy holda qolayotgandi.
Binoni buzish taklifi Samarqand viloyatiga uyushtirgan safari chog‘ida O‘zbekiston prezidenti tomonidan berilgan edi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir hafta oldin binoni buzish ishlari boshlangan.
Mehmonxona o‘rnida nima qurilishi haqida hozircha xabar yo‘q. Samarqand viloyat hokimiyati ma'lumotlariga ko‘ra, qurilish tashkilotlaridan turar joy binosi, favvorali bog‘, shuningdek, yangi mehmonxona qurish takliflari kelmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026