22:35 / 30.06.2017
5702

Uber tezkor katerlar taksi xizmatini ishga tushirdi

Foto: Reuters

Uber kompaniyasi 30 iyun, juma kuni Xorvatiyada suv taksisiga buyurtma berish imkoni bo‘lgan UberBOAT servisini yo‘lga qo‘ydi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 12 nafargacha kishini sig‘dira oluvchi tezyurar katerlar yoz mavsumi davomida sayohlar orasidagi mashhur maskanlar - Dubrovnik va Split, shuningdek Xvar oroli bo‘ylab harakatlanadi. 

"UberBOAT ikki xil xizmat turini taklif etadi: materik va orol yo‘nalishi hamda tezkor katerni yarim yoki bir kunga ijaraga berish", - deyiladi kompaniya bayonotida. 

Tezyurar katerni Uber mobil ilovasi yordamida chaqirish mumkin bo‘ladi. Mijozlar shaxsiy yo‘nalishni tanlashlari yoki taksi jadvalidan foydalanishlari mumkin. 

Uber - xalqaro texnologik kompaniya bo‘lib, avtomobil xizmatini buyurtma qiluvchi shu nomli mobil ilova muallifi. Mazkur ilova dunyoning 450 dan ziyod shahri va 76 mamlakatida qo‘llaniladi. 

Mavzuga oid
Top