“Dunyo” AA xabariga köra, Özbekiston elçisi Xorvatiya hukumatining qator yuqori martabali vakillari bilan samarali muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvlarda Xorvatiya boş vaziri örinbosari, dengiz transporti va infratuzilma vaziri Oleg Butkoviç, mehnat, pensiya ta’minoti, oila va ijtimoiy siyosat vaziri Alen Rujiç, Taşqi va Yevropa işlari vazirligi davlat kotibi Frano Matuşiç hamda boş vazirning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Dino Mixanoviç iştirok etdi.
Muzokaralar çoğida ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari atrofliça muhokama qilindi. Tomonlar oliy va yuqori darajadagi taşriflarni taşkil etiş, muntazam siyosiy muloqotni faollaştiriş hamda ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlovçi hukumatlararo bitimlarni imzolaşga tayyor ekanini bildirdi.
Ayniqsa, mehnat migratsiyasi masalasi muzokaralarning asosiy mavzularidan biri böldi. Xususan, özbekistonlik mutaxassislarni Xorvatiyada mehnat qilişi uçun kasbga tayyorlaş, qöşma ta’lim va til dasturlarini yölga qöyiş, şuningdek, xorijda mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş çoralari muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekiston elçisi Xorvatiyaning yirik energetika kompaniyasi — JANAF boşqaruvi raisi Stepan Adaniç bilan ham uçraşdi. Unda infratuzilma va energetik loyihalar böyiça hamkorlik istiqbollari, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, tajriba almaşiş va şeriklikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.












