Jahon | 23:14 / 30.06.2017
4885
2 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffett Bank of America'ning eng yirik aksiyadori bo‘lishi kutilmoqda

Milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi AQShning eng yirik banklaridan biri Bank of America'ning 700 million aksiyasini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqida 30 iyun kuni  Berkshire Hathaway'da ma'lum qilindi. 

Uning aniqlik kiritishicha, u mazkur bitim uchun shaxsiy qimmatbaho qog‘ozlaridan foydalanmoqchi va Bank of America'dagi ulushini bozordagidan ancha arzon narxda qo‘lga kiritmoqchi. 

"2017 yilning 28 iyunida Bank of America oddiy aksiya uchun chorak dividendlarini 0,12 dollarga oshirish rejalari haqida e'lon qildi. Bu amalga oshgach, Berkshire kompaniyasi Bank of America'ning 700 million aksiyasini 7,14 dollardan qo‘lga kiritish uchun o‘z vakolatlaridan foydalanadi", - deya xabar beradi xolding. Uning ma'lumotiga ko‘ra, bitimda bankning Berkshire Hathaway'ga tegishli 5 milliard dollar qiymatga ega 6 foizli preferentsial aksiyalar ulushi inobatga olinadi.

Baffet tomonidan boshqariluvchi Berkshire Hathaway xoldingi yillar osha taxminan 80 kompaniyadan iborat konglomeratga aylandi. U sug‘urta, investitsiyalar, shuningdek mebel, zargarlik buyumlari, kiyim-kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilish sohalarida faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid