23:09 / 30.06.2017
11271

O‘zbekiston Kubogi: Qosimov Abramovdan ustun keldi va boshqa natijalar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finalidan joy olgan uch bellashuv bugun — 30 iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov boshchilik qilayotgan ikki klub, «Neftchi» va«Bunyodkor» o‘zaro Farg‘onada to‘qnash keldi.

Dastlab, birinchi bo‘limning 44-daqiqasida Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib Muzaffarov penaltidan javob golini kiritdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Mirjamol Qosimovning goli bo‘lsa, yakunda toshkentliklarga g‘alabani taqdim etdi – 1:2.

«Dinamo» esa Samarqandda «Mash'al»ga yutqazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Safarov tomonidan kiritilgan gol, yakunda muborakliklarga g‘alabani taqdim etdi.

«Nasaf» va «Qo‘qon-1912» klublari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda qarshiliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi. Maydon egalari safida Abdurahimov dubl qayd etgan bo‘lsa, Rahmatullayev va Kenjaboyev o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Mehmon jamoaning yagona goliga Suhrob Berdiyev mualliflik qildi.

Javob uchrashuvlari 4 iyul kuniga belgilangan.

O‘zbekiston Kubogi. 1/4 final
Dastlabki uchrashuvlar

«Neftchi» – «Bunyodkor» 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 - 44 Hamdamov, 1:1 - 70 penalti Muzaffarov, 1:2 - 89 Qosimov.
«Neftchi»: Yusupov, Karimov, G‘ofurov, Muzaffarov, Ermatov, Ubaydullayev, Hasanboyev, Ismoilov, Ayvazov, Toshpo‘latov, Asqaraliyev.
«Bunyodkor»: Zuhurov, Ashurmatov, Komilov, Ibrohimov, Nurmatov, Shomurodov, Hamdamov, Ahmadaliyev, Umirov, Shukurov, Qosimov.

«Dinamo» – «Mash'al» 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: Maradona Safarov 56.
«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Javohir Qahramonov (Orifjon Mamajonov, 62), Radu Rogak, Aleksey Nikolayev (Abdumalik Abdullayev, 65), Amirjon Safarov, Saidjamol Davlatjonov, Jasur Qurbonov (Sardor Sulaymonov, 46).
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtazoyev, Maradona Safarov, Abbos Shodmonov (Iskandar Shayqulov, 65), Zohir Qo‘ziboyev, Bobur Qosimov (Sardor Raxmonov, 71), Igor Timanyuk, Asil Begimqulov, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov.

«Nasaf» – «Qo‘qon-1912» – 4:1 (0:0)
Gollar: 1:0 - 52 Rahmatullayev, 1:1 - 56 Berdiyev, 2:1 - 58 Abdurahimov, 3:1 - 81 Abdurahimov, 4:1 - 90 Kenjaboyev.
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov (Shaxboz Erkinov - 77), Aziz G‘aniyev (Odiljon Hamrobekov – 80), Dilshod Rahmatullayev, 18. Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov (s), Islom Rashidxonov (Islom Kenjaboyev), Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran.
«Qo‘qon-1912»: Aziz Ashurov, Bahodir Akramov, Jamshid Hasanov, Nosir Otaqo‘ziyev (Jalil Kimsanov-72), Javohir Sidiqov, Suxrob Berdiyev, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Murod Xolmuhammedov (Ruslan Melziddinov – 90), Muhammadanas Hasanov, Filip Rayyevats.

Top