Jahon | 23:26 / 01.07.2017
4671
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston qulaydigan raketa qismlarini qidirish uchun sun'iy yo‘ldosh va dronlarni jalb etadi

«Mashinasozlik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi» harbiy-sanoat kompleksi AJning 49 yoshli xodimi Vyacheslav Tits raketa tashuvchi bloklarining Qozog‘istonning Qarag‘anda oblastida qulashi natijasida paydo bo‘lgan yong‘inda jabrlanib, kasalxonada vafot etgan.

14 iyun kuni «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan «Progress MS-06» transport kosmik kemasi bilan «Soyuz-2.1a» raketa tashuvchisi uchirilgan. Raketa parvozi avvaliga shtatli rejimda o‘tgan. 117-soniyada uning birinchi bosqichi ajralgach, uning qismlari belgilangan hududga qulagan.

Buning natijasida dashtda yong‘in kelib chiqqan hamda jazirama va kuchli shamol tufayli 10 ming gektar maydonga tarqalgan.

Natijada Qozog‘istonning ikki nafar fuqarosi jabrlangan. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, yuqorida tilga olib o‘tilgan mexanik-chilangar Vyacheslav Tits esa Jyezqazg‘an shahri kasalxonasiga yetkazilgan edi.

Qozog‘iston va Rossiya tomoni ushbu voqeadan so‘ng raketa tashuvchilarning respublika hududida qulashidan insonlar jabr ko‘rishining oldini olish borasida kompleks choralar ko‘rish kerakligiga kelishib olishdi.

«Bunday hodisalarning qaytarilishining oldini olish maqsadida rossiyalik va qozog‘istonlik mutaxassislar tomonidan bir qator choralar ko‘riladi. Xususan, raketa tashuvchilarning ajraluvchi qismlari qulaydigan hududlardagi vaziyat monitoringiga Yerning masofadan turib zondlash vositalari jalb qilinadi, raketa-kosmik texnikalar qismini o‘z vaqtida axtarib topish maqsadida hududlar raketa uchirilishidan avval keyin suratga tushiriladi.

Hududni parvozdan keyin osmondan tekshirish ishlarida tahdid soluvchi ehtimolli omillarni aniqlash uchun Rossiya korxonalari uchuvchisiz uchar apparatlardan ham foydalanishadi.

Shuningdek, rossiyalik mutaxassislar bilan birga Qozog‘iston IIVning favqulodda holatlar qo‘mitasi va aerokosmik qo‘mitaning kuchlaridan foydalanish nazarda tutilgan.

«Mashinasozlik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi» harbiy-sanoat kompleksi AJ vakillari esa yer usti qidruv guruhini qo‘shimcha yong‘inga qarshi va maxsus texnikalar bilan ta'minlashadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid