Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandlik yoshlar prezident tomonidan belgilangan masalalarni muhokama etishdi
30 iyun kuni Toshkentdagi simpoziumlar saroyida O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyatidan 63 nafar delegat ishtirok etdi. Bugun Samarqand vokzalida quriltoy ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.
Samarqand viloyat hokimligi va STV telekompaniyasi hamkorlikda quriltoyda ishtirok etgan 63 nafar delegat ishtirokida yangi tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari ittifoqining kelgusi faoliyati va bu ittifoqqa a'zo yoshlarning hayotimizda tutgan o‘rni mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Samarqand viloyat yoshlari prezident tomonidan belgilangan masalalar, o‘rtaga tashlangan takliflar va tashabbuslarni qo‘llab-quvatlab, kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar keng muhokama etishdi.
ssdddfff123.jpg)
Xususan, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, tarixiy boyliklarimizni chuqur o‘rganish va keng ommaga targ‘ib etish bilan ham shug‘ullanishi kerakligi va bu borada samarqandlik yoshlarda keng imkoniyat mavjudligi ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bugungi kunda ularni qiynab kelayotgan muammolar xususida ham fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Mavzuga oid
18:28
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
15:54 / 25.05.2026
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 25.05.2026