Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada bemor shifokorini avtomatdan otib tashladi
Yakshanba kuni Xorvatiyaning Rab orolida bemor Serjan Smoyver Kalashnikov avtomatidan psixiatr Sinishu Rakichga qarata o‘q uzgan, psixiatrning ayoli esa derazadan tashqariga sakrab, qutulib qolgan. Jutarnji list shu haqida xabar berdi.
Bemor va shifokor Adriatika dengizidagi Rab oroli Barbat qishlog‘ida joylashgan ko‘p xonali uylarning birida bo‘lishgan. Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Smoyver shifokor Rakichga qarata avtomatdan o‘q uzgan. Psixiatrning turmush o‘rtog‘i ikkinchi qavat derazasidan pastga sakrab, qutulib qolgan. Shundan so‘ng bemor o‘z kvartirasiga qulflanib olib, portlovchi qurilma tayyorlab qo‘yganini aytgan.
Respublikaning ichki ishlar vazirligi ishtirokchilar ismi va ularning kabsini ko‘rsatmagan holda voqea haqida xabar bergan:
"Politsiya xodimlari kelishi bilan 1969 yilda tug‘ilgan gumondor ularga qarata bir necha marta o‘q uzgan. Voqea ro‘y bergan joy atrofi o‘rab olingan, politsiyaning maxsus otryadi chaqirilgan. Maxsus otryad kelishi bilan 1966 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi jasadi olib chiqilgan, o‘lim holati tasdiqlangan", - deyiladi IIV xabarida.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchining 1963 yilda tavallud topgan ayoli xavfsiz joyda. Gumondor bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 27.06.2026
“Hokimiyatdan kelgan topshiriqni deb, bolamga kuyib o‘tiribman” – o‘lim bilan tugagan "Andijon polkasi" tafsilotlari
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:59 / 20.05.2026
Qozondan bemor o‘zbekistonlik fuqaro vatanga olib kelindi
09:41 / 06.04.2026