Ma’lum qilinişiça, 1969 yilda tuğilgan U.Ş.V. Tataristonda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan vaqtda ahvoli oğirlaşib, şoşilinç ravişda mahalliy klinik şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlar uning holatini oğir deb baholab, tezkor tibbiy yordam körsatgan.
Uşbu holatdan söng Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan zudlik bilan tegişli çoralar körilgan. Xususan, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda fuqaroni vatanga qaytariş uçun zarur taşkiliy va huquqiy işlar amalga oşirilgan.
Qisqa muddat içida barça konsullik hujjatlari rasmiylaştirilib, tibbiy repatriatsiya jarayoni uçun tayyorgarlik işlari yakunlangan. Şuningdek, Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi, Uzbekistan Airways va boşqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bemor fuqaroni maxsus kuzatuv asosida “Qozon — Toşkent” yönalişi orqali olib keliş işlari taşkil etilgan.
Tezkor va muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlar natijasida vatandoş Özbekistonga eson-omon yetkazildi. Hozirda u mamlakatda şifokorlar nazorati ostida davolanişni davom ettirmoqda.












