Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 20 kishi politsiyachilarga hujum qilganlik uchun o‘lim jazosiga mahkum qilindi
Misrda huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilganlik uchun 20 kishi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2013 yilda mamlakatda sobiq prezident Muhammad Mursiyning ag‘darilishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilgan vaqtda namoyishchilar tomondan 13 politsiyachi o‘ldirilgan. Bu jinoyat uchun 20 kishi o‘lim jazosiga, yana 100 dan ko‘proq kishi qamoq jazosiga mahum qilindi. 21 nafar sudlanuvchi esa oqlandi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sud qarori muftiy tomondan tasdiqlangan.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026