Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin korrupsiyachilar ro‘yxatini tuzish haqidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator federal qonunlarga korrupsiya uchun ishonchni yo‘qotgani sababli xizmatdan bo‘shatilgan amaldorlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari ro‘yxatini yaratishni ko‘zda tutuvchi tuzatishlar kiritishni tasdiqladi.
Bu ro‘yxatga o‘z ishidan bo‘shatilgan prokuratura, bojxona, o‘t o‘chirish xizmati, Rossiya tergov qo‘mitasi, ichki ishlar idoralari xodimlari, harbiylar, davlat va munitsipal xizmatchilari va boshqalar kiritilishi mumkin.
Bu ro‘yxatga ma'lumotlarni kiritish va ularni olib tashlash, ro‘yxatni yuritish va davlat axborot tizimida joylashtirish tartibi vazirlar mahkamasi tomondan belgilanadi.
Qonun Rossiya davlat dumasi tomondan 7 iyunda qabul qilingan va 28 iyunda Federatsiya kengashi tomondan ma'qullangan.
Yangi tuzatishlar 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026