O‘zbekiston | 09:18 / 02.07.2017
13782
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya davlat neft va gaz universiteti delegatsiyasi Qashqadaryoda bo‘ldi

2017 yil 1 iyul kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, professor Maksimenko Aleksandr Fyodorovich va institutgacha tayyorlov o‘quv-ilmiy markazi dekani, professor Pirojkov Viktor Grigorevich hamda mazkur oliygohning Toshkentdagi filial rahbari Magrupov Abdulla Maxmudovichlar tashrif buyurishdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi vakili Abror Murtazayev Kun.uz’ga xabar bermoqda.  

Tashrif davomida rossiyalik mehmonlar mazkur oliygohda kelgusida o‘qish istagini bildirgan Qashqadaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida tahsil olayotgan 2000 mingdan ortiq o‘quvchi yoshlar orasidan tanlab olingan 800 ga yaqin eng iqtidorli o‘quvchini oliy dargohga kirishlari uchun yangidan tashkil etilgan “Maxsus tayyorlov o‘quv kursi” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz univerisiyetining vakillari, Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari, “Nuriston” akademik litseyi, Shahrisabz agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, o‘quvchilarni mazkur “Maxsus tayyorlov o‘quv kursi”da olib boriladigan o‘quv jarayoni, o‘quv me'yoriy hujjatlar va boshqa tashkiliy masalalar muhokama etildi. 

So‘ngra rossiyalik mehmonlar Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyida tashkil etiladigan o‘quv kursi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetida kelgusida o‘qish istagini bildirgan Qashqadaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridan tanlab olingan iqtidorli o‘quvchilar Shahrisabz agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji hamda Koson pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ham “Maxsus tayyorlov o‘quv kursi” da o‘quvchilarni o‘qitish masalalari kelishib olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid