Iqtisodiyot | 16:03 / 03.07.2017
35038
2 daqiqa o‘qiladi

«Agrobank» mijozlar uchun yangi xizmat joriy etdi

«Agrobank» Click tizimi bilan hamkorlikda yana bir yangi xizmat turini joriy etdi.

Endilikda tizimga ulangan barcha bank plastik karta egalari «Agrobank» kreditlari uchun to‘lovlarni mobil telefonlari yordamida *880# USSD so‘rovi orqali qulaylik bilan tez to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Buning uchun shunchaki mobil telefon orqali quyidagi USSD so‘rovni amalga oshirish kifoya: *880*08755*KreditID*summa#ni terish va chaqiruv tugmasi bosiladi.
Bu yerda, KreditID kredit olingan bank kodi (MFO 5 ta raqam va kreditning anketa raqami)ni birga yozish lozim. Kreditning anketa raqamini aniqlash uchun bank filialiga murojaat qiling.

Kredit uchun to‘lovlar onlayn tarzda amalga oshiriladi. 

Ushbu yangi xizmat turi haqidagi qo‘shimcha ma'lumotlarni www.agrobank.uz saytidan yoki bankning joylardagi filiallaridan olishingiz mumkin.

«Agrobank»dan yanada ko‘proq imkoniyatlarni kutib qoling va biz bilan birga bo‘ling!!!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid