Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rekord ko‘rsatkichiga erishdi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari assotsiatsiyasi (BEE) ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning birinchi yarmida Germaniya qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 35 foizga ko‘tardi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 33 foizni tashkil qilgandi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Germaniya 2022 yilga borib o‘zining atom elektr stansiyalaridan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi. So‘nggi 20 yil davomida mamlakatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari barqaror rivojlanib bormoqda. Bu qisman joriy yilda to‘ldirilgan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risidagi qonun (EEG) samarasidir.
2017 yilning muayyan quyoshli va shamolli kunlarida Germaniyada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasi ulushi 85 foizgacha yetdi.
BEE xabariga ko‘ra, 2 iyul, yakshanba kuni shamol, gidroenergetika va quyoshli energiyaning umumiy ulushi birinchi yarim yillikdagi rekord ko‘rsatkich - 35 foizga yetdi.
Hukumat yuz yillikning o‘rtasiga borib, dekarboniz iqtisodiyotga o‘tishga va'da bergan va 2050 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 80 foizga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
U 2020 yilda issiqxona gazlari chiqindilarini 40 foizga, 2050 yilga borib esa 95 foizga qisqartirishga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
10:30 / 04.07.2026