Hozirgi zamonda insonlarning bilimi va malakasi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişini aniqlovçi muhim omildir. Şuning uçun köpçilik mamlakatlarda ta'limni rivojlantiriş istiqboli eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.

Özbekistonning bugungi kuni uçun iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan rivojlanişini ta'minlaş vazifasi turmoqda. Şuning uçun Özbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlar iqtisodiyotdagi yangi özgarişlar paydo bölişi bilan çambarças boğliq bölib qolmoqda. Özbekiston ta'lim tizimida keyingi 20 yilda qator özgarişlar amalga oşirildi. Şu bilan birga Özbekiston ta'lim tizimida yaqin vaqtda yeçimini kutayotgan muammolar mavjud.

Masalan, Özbekistonda talabalik yoşidagi aholining oliy ta'lim bilan qamrab olinişi darajasi 9 foiz bölib, bu Markaziy Osiyoda va jahon miqyosida ança past körsatgiçdir. Özbekiston oliy ta'lim tizimi 67 öquv yurtidan iborat. Ularda 2015/16 öquv yilida jami 253 ming talaba ta'lim olişgan. Rejalaştirişning markazlaşgan tizimi oliy öquv yurtlariga talabalar qabuli miqdorini ham, ular ta'lim yönalişlarini ham belgilaydi. Oliy ta'limga davlat ğaznasidan moliyalaştiriş mamlakatimiz yalpi içki mahsulotining atigi 0,4 foizini taşkil etadi. Bu jahonda eng past körsatgiçlardan biridir.

Özbekistonda davlat byudjyetidan har bir talabaga töğri keluvçi xarajat Rossiyaga nisbatan 2 marta, Turkiyaga nisban 3 marta, Malayziyaga nisbatan 7 marta kam. 2000 yildan beri oliy ta'limni moliyalaştirişning umumiy miqdorida davlat ğaznasidan xarajatlar 60 foizdan 35 foizaça kamaydi. Davlat xarajatlari kamayişi bilan oliy öquv yurtlari köproq ta'lim uçun tölovlar hisobiga moliyalaştirişga ötmoqda.

Özbekistonda oliy ta'limni xususiy moliyalaş darajasi (60 foiz) AQŞga nisbatan (57 foiz) va Buyuk Britaniyaga nisbatan (52 foiz) ham yuqori. Aholi daromadlari yuqori bölgan mamlakatlar orasida oliy ta'limni xususiy moliyalaştiriş örtaça 29 foizni taşkil etadi. Özbekistonda oliy ta'limni xususiy moliyalaştiriş hajmining oşişi nafaqat tölov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar soni oşişi bilan, balki ta'lim uçun tölovlar miqdorining köpayişi bilan ham boğliq.

Özbekiston aholisining daromadlari ham keyingi yillarda oşgani holda, kontrakt tölovi miqdori tezroq oşdi. Natijada, mamlakat oliy öquv yurtlariga jamiyatning boy qatlamlari oilalari farzandlari kirişi uluşi oşmoqda.

Özbekiston oliy ta'limi tizimida xarajatlarning joriy taqsimoti ham oliy ta'lim sifati yuqoriroq bölgan mamlakatlarga mos kelmaydi. Talabalarga beriladigan stipendiyalar uluşi haddan köp (oliy öquv yurtlari byudjyetining deyarli 40 foizi). Iqtisodiy hamkorlik va tarraqiyot taşkilotiga kiruvçi mamlakatlarda bu körsatgiç 10 foizni taşkil etadi. Oliy ta'limni moliyalaştirişdagi uşbu kamçiliklar oliy ta'lim muassasalari moddiy texnika bazasining noçor ahvolga tuşişiga sabab böldi.